AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvaga boradi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasining yakuniy nusxasini kelishib olishi kerak. Shuningdek, Amerika armiyasi vaziri Deniyel Driskoll ukrainlar bilan xuddi shu masalada Kiyevda maslahat o‘tkazadi. Bu haqda Tramp ma’lum qilgan.
– Qo‘shma Shtatlar tomonidan ishlab chiqilgan 28 bandli dastlabki tinchlik rejasi ikki tomonning qo‘shimcha taklifi bilan qayta ishlandi, – deb yozgan Oq uy rahbari. – Hujjatda hamon kelishmovchilikka sabab bo‘layotgan bir necha band qoldi, xolos.
Keyinroq Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida AQSH mulozimi Putin bilan, ehtimol, kelasi hafta uchrashishini aytdi. Maxsus vakilga Prezidentning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner hamroh bo‘lishi mumkin. Zero, Kushnerning o‘zi jarayonda qatnashayotganini bildirgan.
Ba’zi nashrlar Ukraina hukumati ma’lumotiga tayanib Vladimir Zelenskiy Donald Tramp bilan imkon qadar tezroq uchrashmoqchiligini xabar qilgan. Binobarin, Tinchlik rejasi bo‘yicha tomonlar bir qarorga kelmaguncha, uchrashuv bo‘lmasligi ham mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ylIUQ6ORZ8I" title="Tramp vakillari Rossiya va Ukrainaga boradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA