Jenevada muzokara davom etayotgan bir payt AQSH Prezidenti Ukraina rahbariyatini noshukurlikda aybladi. Shuningdek, Yevropa davlatlari rahbarlaridan noroziligini bildirarkan, sanksiyaga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etayotgani uchun ularni tanqid qildi.
Amerika yetakchisi “agar o‘zi hokimiyat tepasida bo‘lganda, Rossiya – Ukraina urushi hech qachon boshlanmasligi”ni yana bir bor takrorladi. Uning ta’kidicha, AQSH va Ukrainadagi kuchli rahbariyat mojaroning oldini olishi mumkin edi. Tramp aslida sodir etilishi ehtimoli bo‘lmagan urushni meros qilib olganini aytib, minglab insonlar o‘limiga olib kelgan vaziyat uchun Jo Bayden ma’muriyati va Kiyev rahbariyatini aybladi.
Ushbu bayonot ijtimoiy tarmoqda tarqalgandan bir necha soat o‘tib, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani “bosqinchilik urushini boshlagan”likda ayblab chiqdi:
– Butun diplomatik jarayon mohiyati ko‘rsatdiki, aynan RF bu urushni boshladi. Harbiy harakatni to‘xtatishdan bosh tortib kelayotgan ham Rossiya.
Ukraina rahbari fikricha, “Rus harbiylari shafqatsizlikka yo‘l ochuvchi buyruqlar asosida harakat qilyapti, bu esa front chizig‘ida va Ukraina shaharlariga berilayotgan tinimsiz zarbalar oqibatida halok bo‘layotganlar sonini ko‘paytirmoqda. Shuningdek, urushga barham berish maqsadida olib borilayotgan muzokaralar amalda natija bermayapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VE41evruaQE" title="Tramp Ukrainani noshukurlikda aybladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>K.Bekjonov, O‘zA