Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Ukrainaga qurol jo‘natishga tayyorlanmoqda
11:18 / 2025-07-14

Prezident Donald Tramp bugun Rossiya va Ukraina mavzusida «katta bayonot» berishga va’da bergan. Tabiiyki, bu ma’lumot Moskva e’tiboridan chetda qolmadi. Ancha vaqtdan beri ilk bor Rossiya dronlari kun davomida Ukrainaga zarba bermadi. Tahlilchilar fikricha, maxsus bayonotdan oldin AQSHni bezovta qilmaslik uchun Kreml faollikni pasaytirgan.

CBS telekanali Amerika yetakchisi Ukrainaga Jo Bayden davrida kelishilmagan qurollarni ham yetkazib berishni ma’qullashi mumkinligini yozgan. Shuningdek, Kiyevga muzlatilgan rus aktivlarini topshirish imkoniyati ham muhokama qilinyapti.

— Putinga yangi bosim o‘tkazish har qachongidan ham yaqin, — deydi AQSH tahlil markazi eksperti "Financial Times"ga bergan intervyusida.

Shunga qaramay, Amerika siyosatida keskin o‘zgarish yuz berishi amri mahol. Gazeta yozishicha, yangi «Patriot» raketalari Ukraina shaharlarini himoya qilishni kuchaytirsa-da, urush oqimini o‘zgartirishi yoki RF hududiga zarba berishi dargumon.