Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Ukrainaga hududlarini qaytarmoqchi
11:45 / 2025-08-12

AQSH Prezidenti juma kuni Vladimir Putin bilan Alyaskada bo‘ladigan uchrashuvda Ukrainaga ayrim hududlarni qaytarish masalasi ham muhokama qilinishini bildirdi.

– Rossiya egallagan keng hududning bir qismini Ukrainaga qaytarishga harakat qilamiz, – dedi u Oq uyda.                              Donald Tramp bu uchrashuvni “tanishtiruv” deb atab, “yer almashinuvi” ehtimoli borligi haqida gapirdi.

Tramp ta’kidlashicha, agar Putin “adolatli kelishuv” taklif qilsa, avvalo Vladimir Zelenskiy bilan gaplashadi, so‘ngra Yevropa yetakchilarini  vaziyatdan xabardor qiladi.

Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas Ukraina ishtirokisiz hech qanday bitim amalga oshmasligini aytgan. Zelenskiy ham Kiyevdan tashqarida kelishilgan bitimlarni “jonsiz qaror” sifatida baholagan.

Chorshanba kuni Zelenskiy, Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens va YeI yetakchilari Moskvaga bosim masalasini virtual uchrashuvda muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA