Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Ukraina haqida qiziqarli faktlarni bilib oldim
11:00 / 2025-09-03

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya - Ukraina mojarosi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lgani, bu tez orada ommaga ma’lum qilinishini bildirdi:

- Men qiziq narsalarni o‘rgandim. O‘ylaymanki, tez kunlarda siz ham bilib olasiz.

Tramp jurnalistlarning "O‘tgan hafta davomida Prezident Vladimir Putin bilan gaplashdingizmi? degan savoliga shunday javob bergan. Shuningdek, Alyaskadagi uchrashuv juda yaxshi o‘tganini qayd etgan:

- Ko‘ramiz, bundan nima chiqadi. Agar natija bo‘lmasa, boshqacha yo‘l tutamiz.

Oq uy xo‘jayini amerikalik jurnalist Skott Jennings bilan telefon orqali suhbatda Rossiya yetakchisi bilan doim a’lo darajada munosabatda bo‘lgani, ammo hozir undan “juda hafsalasi pir ekani"ni aytgan. Shunga qaramay, Rossiya - Ukraina ziddiyatini bartaraf qilish jarayonidagi ishtirokini davom ettirish istagi haqida gapirgan.

- Urushni to‘xtatishga yordam bera olsam, demak, men bu ishni qilishga majburman, deb o‘ylayman, - degan Tramp.

Amerika yetakchisi mojaro davom etayotgani, insonlar qurbon bo‘layotganidan hafsalasi pirligini qo‘shimcha qilarkan, gap Ukraina haqida emas, balki tinchlikni saqlab qolishda ekaniga e’tibor qaratgan.

S.Rahimov, O‘zA