Tramp to‘qqizinchi mojaroni ham hal qilmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp avvalroq Ukraina mojarosiga ishora qilib, prezidentlik davridato‘qqizinchi mojaroni hal qilishga yaqin orada yordam berishini aytdi.
– Sakkizta nizo deyarli bartaraf etildi, endi navbat to‘qqizinchisiga, -dedi Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, iqtisodiy choralar va tariflar ushbu ziddiyatlarni hal etishda ancha qo‘l kelgan.
“To‘qqizinchi” deganda prezident katta ehtimol bilan Ukraina atrofidagi vaziyatni nazarda tutayotgani aytilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA