Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Tinchlik bitimini Zelenskiy cho‘zyapti, Putin emas
21:21 / 2026-01-15

AQSH Prezidenti "Reuters" agentligiga bergan intervyusida Ukraina Rossiya bilan tinchlik bitimi imzolash jarayonini to‘xtatayotganini aytdi. Uning fikricha, Vladimir Putin qariyb to‘rt yillik urushni tugatishga tayyor, ammo Zelenskiy rozi emas.

Trampning bu so‘zlari Yevropadagi ittifoqchilari nuqtai nazaridan keskin farq qiladi. U Putinni ishonchli, deb baholab, Kiyev yetakchisi muloqotda qiyinchilikka duch kelayotganini ta’kidladi.

AQSH shafeligidagi muzokara urushdan keyin Kiyevga xavfsizlik kafolatini ta’minlashga qaratilgan. RF va AQSH Ukrainani sharqiy Donbass hududini tark etishga undab, Moskva bilan kelishuvni tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida Zelenskiy bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qilgan, ammo aniq reja hali yo‘qligini bildirgan.

Ekspertlar fikricha, Amerika rahbari hozir egallagan pozitsiya Putinning diplomatik imkoniyatini oshiradi va Ukraina bo‘yicha muzokarani tezlashtirishi mumkin. Kiyevning qat’iyligi esa urush davom etishiga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Trampning izohi nafaqat siyosiy, balki strategik qarash sifatida ham baholanmoqda. Ya’ni, u dunyo e’tiborini Ukrainaga, tinchlik muzokarasi yuzasidan chiqariladigan qarorlar markaziga qaratayotganiga urg‘u berilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA