Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp tariflari AQSH byudjetiga qancha mablag‘ keltirgani ma’lum qilindi
10:05 / 2026-01-07

Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zi joriy qilgan savdo tariflaridan mamlakat byudjetiga tushgan umumiy daromad taxminan 650 milliard dollarni tashkil etganini ta’kidladi.

Qiziq jihati, Trampning ushbu bayonoti Qo‘shma Shtatlar Oliy sudining prezident tomonidan joriy etilgan import tariflarining qonuniyligi bo‘yicha qarori kutilayotgan bir paytda paydo bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, o‘lka Oliy sudi Trampning ushbu qonunni o‘nlab mamlakatlarga ta’sir qiluvchi tarif siyosati asosi sifatida ishlatish huquqiga ega bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlaydi. Agar Oliy sud AQSH yetakchisi ushbu tartiblarni chetlab o‘tgan deb topsa, ma’muriyat importchilar tomonidan to‘langan bojlarni qaytarishga majbur bo‘ladi.

S.Rahimov, O‘zA