Tramp sportchilarni viza cheklovidan ozod qildi
AQSH ma’muriyati yirik musobaqalarda ishtirok etadigan sportchi, murabbiy va tegishli xodimlarni 39 mamlakat uchun joriy etilgan viza cheklovidan ozod qildi.
Reuters” agentligi yozishicha, istisno 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati, 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari, Panamerika va Paralimpiya o‘yinlari, shuningdek milliy federatsiyalar hamda “Formula-1” kabi professional ligalar musobaqalariga tegishli.
S.Rahimov, O‘zA