Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Seulga bosimni kuchaytirdi
14:29 / 2026-01-27

AQSH Prezidenti Janubiy Koreyadan import qilinadigan avtomobillar va boshqa mahsulotlarga boj 15 foizdan 25 foizgacha oshirilishini e’lon qildi. O‘tgan yilgi savdo bitimi ijrosini kechiktirishda ayblangan Seul rasmiylari bu qarorni kutilmagan, deya baholab, vaziyat Vashington bilan savdo munosabatini yanada murakkablashtirayotganini ta’kidladi.

2025 yil iyulida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Koreya Respublikasi AQSHga 350 milliard dollar sarmoya kiritishi evaziga koreys eksportiga soliq pasaytirilishi kerak edi.

Tarif oshirilishi birinchi navbatda avtomobilsozlikka zarba berishi kutilyapti. AQSH Janubiy Koreya uchun Xitoydan keyingi ikkinchi yirik eksport bozori bo‘lib, yuboriladigan mahsulotning chorak qismini avtomobillar tashkil etadi.

"Hyundai" va "Kia" aksiyalari ushbu xabardan so‘ng tebrandi, milliy valyuta von zaiflashdi. Tahlilchilar Tramp mazkur qarori bilan Seulga kuchli bosim o‘tkazish, muzokarada yon berishga majburlashga urinmoqda. Bu holat 2026 yil savdo barqarorligiga erishish umidini so‘roq ostiga qo‘yadi va AQSHning boj siyosati yana global bozor uchun asosiy xavf omili bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA