Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp savdo do‘konlarida avj olayotgan talonchiliklarga qarshi milliy gvardiyani safarbar qilishga chaqirdi
11:27 / 2021-12-01

"Agar demokratlar shaharlardagi savdo do‘konlarda avj olayotgan “urib sindir va olib qoch” tizimidagi tezkor talonchiliklarni zudlik bilan to‘xtata olmas ekan, milliy gvardiyachilarni chaqirish kerak. Bunaqasi bizning mamlakatda hech qachon bo‘lmagan", – deydi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining yozma ravishda tarqatgan bayonotida.

"San-Fransisko va boshqa shaharlarni juda ko‘plab savdo do‘konlari tark etmoqda. Ayrim savdo tarmoqlari ko‘plab do‘konlarini yopayotgani haqida eshityapman, bunga ishonish qiyin", – qo‘shimcha qildi sobiq prezident.

So‘nggi paytlarda AQSHda niqob taqqan odamlar to‘da bo‘lib, uyushgan holda katta savdo do‘konlariga bostirib kirib elektronika tovarlari yoki qimmat markadagi kiyim-kechaklarni olib politsiyachilar yetib kelgunga qadar qochib ketayotgani ko‘p kuzatilmoqda. Ayrim talanchiliklar tunda, boshqalari kuppa-kunduzi sotuvchi va xaridorlar ko‘z o‘ngida amalga oshirilmoqda.