Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Saudiya NATOga a’zo bo‘lmagan muhim ittifoqchimizdir
14:01 / 2025-11-19

AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiyani NATOga a’zo bo‘lmagan muhim ittifoqchi sifatida e’tirof etdi. Bu haqda "RIA Novosti" yozgan.

- Saudiya Arabistonini NATOga a’zo bo‘lmagan asosiy ittifoqchi sifatida belgilash orqali harbiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirayotganimizdan mamnunman, - dedi Amerika yetakchisi Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon sharafiga uyushtirilgan tantanali kechki bazm chog‘ida.

O‘zaro muzokaradan so‘ng Oq uy ikki mamlakat Strategik mudofaa shartnomasi (SDA) imzolanganini e’lon qildi. Tramp voqeani tarixiy, deya baholadi. Bundan tashqari AQSH rahbari ushbu arab davlatiga kelajakda G‘-35 qiruvchi samolyotlari yetkazib berish nazarda tutilgan yirik mudofaa ta’minoti to‘plamini ham ma’qullagan. Shuningdek, Saudiya Qo‘shma Shtatlardan 300 ga yaqin tank sotib olishga ham rozi bo‘ldi.

Ochiq manbalarga ko‘ra, Vashington NATO a’zosi bo‘lmagan 19 mamlakatga ittifoqchi maqomini bergan. Mazkur ro‘yxatga Argentina, Avstraliya, Bahrayn, Braziliya, Kolumbiya, Misr, Isroil, Iordaniya, Keniya, Quvayt, Marokash, Yangi Zelandiya, Pokiston, Filippin, Qatar, Janubiy Koreya, Tailand va Tunis kiritilgan.

Pentagon veb-saytida Tayvan rasmiy deklaratsiyasiz shunday ittifoqchi sifatida tan olingan.

Tramp ta’kidlaganidek, byurokratik tadbirlar yumshatilishini anglatadigan bu maqom harbiy hamkorlik darajasini oshiradi.

S.Rahimov, O‘zA