Tramp: Rossiya va Ukraina kelishuviga juda yaqinmiz
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilish masalasi yuzasidan fikr bildirdi.
- O‘ylaymanki, biz kelishuvga erishishga juda yaqinmiz, - dedi u. - Keling, nima bo‘lishini kutamiz.
Amerika yetakchisi mazkur dolzarb mavzu haqidagi bayonotini Oq uy bog‘ida Shukronalik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda berdi.
Umuman, Tramp ushbu urushni imkon qadar tezroq tugatish istagini ta’kidlab, tinchlik kelishuviga umid bildirdi. Avval inqirozni oddiy yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishongani, Prezident bo‘lgach, bu masala bilan shug‘ullana boshlagandan so‘ng esa masala o‘ylaganidan ancha murakkab ekanini anglaganiga urg‘u berdi. Shu bilan birga biz bir yildan kamroq vaqt ichida bu borada tegishli muvaffaqiyatga erishilganini ham qo‘shimcha qildi.
G.Sattorova, O‘zA