Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning ma’lum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya – Ukraina mojarosidan “charchaganini” va urushning tezroq tugashini istayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, prezident “samarasiz uchrashuvlardan charchagan”, endi suhbat emas, amaliy natija kutmoqda. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.
Oq uy matbuot kotibi so‘nggi paytlarda AQSH ma’muriyati rossiyaliklar, ukrainlar va yevropaliklar bilan 30 soatdan ortiq muzokaralar o‘tkazganini ta’kidladi. 13 dekabr kuni ham Parijda Yevropa va Ukraina vakillarining uchrashuvi kutilayapti. Ammo, bunda AQSH rasmiylari ishtirok etishi noma’lum.
- Agar haqiqiy tinchlik kelishuvi imzolanishiga umid bo‘lsagina biz vakillarimizni yuborishimiz mumkin, - degan Tramp ma’muriyati.
Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSH prezidentiga Ukraina qaysi shartlarga rozi bo‘lishi mumkinligi haqidagi takliflarni yetkazgan.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, hududga oid har qanday muammo faqat Ukraina xalqining qarori bilan hal qilinishi kerak.
AQSH va Yevropaning bu masalada faollashuvi urushni tugatish bo‘yicha yangi imkoniyat paydo bo‘layotganini anglatadi. Biroq taklif qilingan shartlar har ikkala tomon uchun ham og‘ir va bahsli. Shu bois mutaxassislar urushning tez orada barham topishiga ishonishmayapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bUco5xY_p7k" title="TrampRossiya - Ukraina urushini to‘xtata oladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA