Tramp Rossiya - Ukraina nizosini 2 oy ichida tugatmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp “CBS” telekanaliga bergan intervyusida RF va Ukrainaga jang maydonida o‘z pozitsiyalarini ifoda etish imkonini berish kerakligini aytdi.
Uning fikricha, voqealarning eng yaxshi rivoji Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi bo‘ladi.
Qiziq jihati, jurnalistning “AQSH Venesuelaga qarshi harbiy choralar ko‘rish niyatidami?", degan savoliga Tramp aniq javob bermadi.
- Bunday bo‘ladi deb aytmoqchi emasman, chunki men jurnalist bilan zarba berish yoki bermaslik masalasini muhokama qilmayman, — dedi Oq uy rahbari. - Ayni paytda Venesuela hukumati biz bilan juda yomon munosabatda bo‘lmoqda, bu faqat narkotiklar masalasida emas, ular mamlakatimizga minglab noqonuniy migrantlarni yubormoqda.
O‘.Alimov, O‘zA