French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp "Rossiya ishi" bo‘yicha sudlangan sobiq maslahatchisini afv etdi
10:47 / 2020-12-23

AQSH prezidenti Donald Tramp ilgari sudlangan 15 kishi, shu jumladan maslahatchisi Jorj Papadopulos va Kongressning sobiq a’zolarini afv etish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida.

Papadopulos 2016 yilgi AQSH saylovlarida "Rossiyaning aralashuvi" ishi bo‘yicha yolg‘on guvohlik berishda ayblangan edi.

Prezident afvlari ro‘yxatida Papadopulosdan tashqari, Daniya fuqarosi Aleks Van Der Zvaan, shuningdek 2019 yilda sudlangan kongress a’zolari, saylov kampaniyasi mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topilgan kaliforniyalik kongressmen Dunkan Xanter va Nyu-York kongressmeni Kris Kollinz ham kiritilgan.