Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Qatar xavfsizligi ta’minlanishiga oid farmon chiqardi
12:29 / 2025-10-03

“Axios” portali yozishicha, Prezident Donald Tramp 29 sentyabr – Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashgan kuni AQSH Qatar xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirishiga doir maxsus farmonni imzolagan.

– Qo‘shma Shtatlar Qatar hududi suvereniteti yoki muhim infratuzilmasiga qilingan har qanday qurolli hujumni o‘z tinchligi va xavfsizligiga tahdid sifatida qabul qiladi, – deyilgan hujjatda. – Bunday hujum sodir bo‘lgan taqdirda AQSH va Qatar manfaatini himoya qilish, davlatlarimizda tinchlik va barqarorlikni tiklash uchun tegishli barcha qonuniy, jumladan diplomatik, iqtisodiy hamda lozim bo‘lganda, harbiy choralar ko‘riladi.

S.Rahimov, O‘zA