Tramp Putinning qarorgohiga dron hujum qilganiga ishonmadi
AQSH Prezidenti Donald Tramp bir hafta oldin voqeadan juda g‘azablangani, bunday harakatni qabul qilib bo‘lmasligini aytganiga qaramay, dekabr oyi oxirida Ukraina dronlari Rossiya rahbari Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilganiga shubha bildirdi.
- Bu hujum haqiqatan amalga oshirilganiga ishonmayman, - degan u jurnalistlarga. - Yaqin atrofda nimadir sodir bo‘ldi, lekin bu voqeaga aloqasi yo‘q...
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq Kiyev rejimi 29 dekabr kechasi 91 dron yordamida Putinning Novgorod viloyatidagi qarorgohiga terror hujumi uyushtirilganini aytgandi. Barcha uchuvchisiz uchoqlar havo mudofaasi kuchlari tomonidan yo‘q qilingani ta’kidlanib, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
- Kiyev rejimining Prezident qarorgohiga hujumidan so‘ng AQSH ishtirokidagi muzokarani to‘xtatish niyatida emasmiz, - degan Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari. - Faqat pozitsiyamiz qayta ko‘rib chiqiladi.
S.Rahimov, O‘zA