Tramp Putinni keskin aybladi
Moskva Ukrainaga uyushtirgan eng yirik havo hujumidan so‘ng AQSH Prezidenti rossiyalik hamkasbidan "norozi"ligini bildirdi. Bu haqda BBC yozgan.
Vladimir Putin bilan “yaxshi chiqishadigan” Donald Tramp shunday dedi: Unga nima bo‘ldi? Juda ko‘p odam o‘lyapti.
Avvalroq, Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Vashington RFning so‘nggi hujumlariga nisbatan “sukut saqlashi” Putinni ruhlantirayotganiga e’tibor qaratib, Moskvaga yanada bosim o‘tkazish, jumladan sanksiyani kuchaytirishga chaqirgan edi.
Dam olish kuni 367 uchuvchisiz uchoq va raketa uchirilishi oqibatida Ukrainada kamida 12 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odam yaralandi. Bu 2022 yil keng ko‘lamli amaliyot boshlangandan keyin bir kechada qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bugun ertalab ham Ukrainaning ko‘plab mintaqalarida dron va raketa zarbasidan ogohlantiruvchi havo sirenalari yangragani aytilmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA