Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp–Putin uchrashuvi bekor qilindi: Zelenskiydan yangi taklif
18:45 / 2025-10-24

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan nizoni joriy front chizig‘ida “muzlatish”ni “eng maqbul murosa” deb atadi. U bu taklifni AQSH yetakchisi Donald Trampga yetkazganini ma’lum qildi.

– Bu tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejasi, - dedi Zelenskiy Norvegiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. – Fikrimcha, bu harakatlarimiz tinchlik sari navbatdagi qadam bo‘lsa ajabmas.

Yevropa Ittifoqi ham ziddiyatni to‘xtatish uchun “muzlatish” variantini ma’qul ko‘rmoqda, ya’ni, harbiy harakatlarni hozirgi chiziqlarda to‘xtatib, keyinchalik bevosita tinchlik muzokaralariga o‘tish.

Xalqaro chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligi kerak, deyiladi Yevropa yetakchilari Bryusselda e’lon qilgan qo‘shma bayonotda.

Bu tashabbus Trampga ham yo‘naltirilgan bo‘lib, Yevropa liderlari Kiyev bilan birgalikda AQSHni Moskva ustidan siyosiy bosimni kuchaytirishga chaqirmoqda. Tramp so‘nggi bayonotlarida urushni joriy chiziqlarda to‘xtatishni “zaruriy va real chora” deb atadi. U shuningdek, oldindan rejalashtirilgan Budapeshtdagi Putin bilan uchrashuvni “natija bermasligi mumkin” degan sabab bilan bekor qildi.

RF hozircha o‘t ochishni to‘xtatish taklifini keskin rad etmoqda. Kreml vakili Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva nizoni to‘xtatmaydi, toki “asl sabablarga” yechim topilmaguncha.

Musulmon Ziyo, O‘zA