French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Prezidentlikka qayta saylansam, Ukraina masalasini hal qilaman!
18:12 / 2023-03-29

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp, agar, prezidentlikka qaytsa, Oq uyga kirggunga qadar Ukraina nizosini bartaraf etishga va’da berdi.

U avvalroq davlat rahbarligiga qayta saylansa, “o‘sha kuni kechasi” Putin va Zelenskiyni uchrashuvga chaqirishini aytgandi.

“Agar men (saylovda) g‘alaba qozonsam, lavozimga kirishishimdan oldin bu ziddiyatni hal qilaman, yuz foiz aminman”, dedi Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida. Uning fikricha, ayni masalani faqat prezidentlikdagi odam hal qilishi mumkin.

Mart oyi boshida sobiq yetakchi Kolumbiya okrugidagi konservatorlar yillik qurultoyida lavozimga qaytsa, mazkur mammoni hal qilish “qiyin kechmasligi"ni bildirgan. Uning bayonotini sharhlar ekan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp nazariy jihatdan haqiqatdan uzoq emasligini, “bu bir-ikki kunda sodir bo‘lishi mumkin emas-u, ammo Oq uyning Kiyevga ko‘rsatma berishi kifoya qilishi”ni ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2024 yil yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi.

O‘zA