Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp payshanba yoki juma kuni o‘zini hukumatga topshirishi kerak
11:28 / 2023-08-21

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp payshanba yoki juma kuni o‘zini Jorjiya hukumatiga topshirishi kerak. Shtatda unga qarshi jinoiy ayblov ilgari surilgan, deya xabar tarqatdi “CNN” telekompaniyasi.

Trampning Fulton okrugi qamoqxonasiga kelishi majburiy, juma oxirgi muddat etib belgilangan. U bilan birga yana 18 kishiga 2020 yil Jorjiyada saylovni o‘z foydasiga hal qilish uchun mansabdorlarga bosim o‘tkazgani aybi qo‘yilmoqda.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, hozircha Trampning sheriklaridan hech biri qamoqxonada ro‘yxatga olinmagan. Avvalgi uch holatda ham Tramp, garchi, rasman “qamoqqa” olingan bo‘lsa-da, o‘zini hukumatga topshirmagan.

O‘zA