Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp o‘zining vafoti haqidagi mish-mishga ilk bor izoh berdi
07:57 / 2025-09-02

AQSH Prezidenti Donald Tramp sog‘ligida jiddiy muammo paydo bo‘lgani haqida mish-mish tarqalishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali aynan hozir o‘zini har qachongidan yaxshi his qilayotganini aytdi.

- Umrim davomida o‘zimni hech qachon bunchalik yaxshi his qilmaganman, - deb yozgan u.

Ma’lumki, shanba kuni ertalab G‘arb ijtimoiy media minbarlarida Amerika yetakchisining ehtimoliy o‘limi to‘g‘risida gap tarqaldi.

Bunga vitse-prezident Jey Di Vensning "79 yoshli boshlig‘iga biror nima bo‘lsa, davlat rahbari vazifasini bajarishga tayyorligi" ta’kidlangan so‘zlari sabab bo‘ldi.

Keyinroq “Axios” jurnalisti Barak Ravid Oq uydagi yuqori martabali mulozim bayonotiga tayanib, Trampning salomatligi yaxshi ekanini yozdi.