Tramp o‘zini Venesuela Prezidenti vazifasini bajaruvchi, deb e’lon qildi
Oq uy rahbari Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zini “Venesuela Prezidenti vazifasini bajaruvchi” deb atagan xabarni joylashtirdi. Tegishli suratga AQSH yetakchisi "bu lavozimda ishni 2026 yil yanvarida boshlagani” qo‘shimcha qilingan.
Mazkur axborotga Oq uy yoki Venesuela muxolifati vakillari hech qanday rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Cilia Flores 3 yanvar kuni maxsus amaliyot doirasida AQSHning Delta kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Amerika rasmiylari Maduroni “narkoterror”, qurol saqlash va Venesuela diplomatik pasportlarini sotishda ayblagan. Maduro ayblovlarni rad etib, "bu iddaolar o‘z mamlakati neft zaxirasiga daxl qilish uchun niqob" dedi. Tramp esa vaziyatga oid murojaatida "AQSH Venesuelani boshqarishi"ni ma’lum qilgan.
G.Sattorova, O‘zA