Tramp o‘z safdoshlarini afv etdi
“Politico” nashrining yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovidagi mag‘lubiyatini rad etishda yordam bergan safdoshlarini afv etgan.
Afv etilganlar orasida Trampning advokati Rudi Juliani va sobiq ma’muriyat rahbari Mark Medouz bor, ular hal qiluvchi shtatlarda Jo Baydenning g‘alabasini shubha ostiga olishga uringan edi.
Shuningdek, advokatlar Jon Istman va Kennet Chesebro ham afv etildi, ular o‘sha paytdagi vitse-prezident Mayk Pensni senat raisi sifatida saylov natijalarini tasdiqlamaslikka undash strategiyasini ishlab chiqishda yordam bergan.
“BBC” ma’lum qilishicha, bu shaxslarning birortasiga federal jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilmagan edi. Shunga qaramay, afv ularning kelajakda jinoiy javobgarlikka tortilish ehtimolini butunlay bartaraf etadi.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA