English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish ishlarini kengaytirishga chaqirdi
12:23 / 2025-06-16

AQSH yetakchisi Donald Tramp Los-Anjeles, Chikago va Nyu-York kabi yirik shaharlarda noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish ishlarini kengaytirish zarurligini aytdi.

Prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozilishicha, Qo‘shma Shtatlar Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari  “juda muhim vazifa – noqonuniy xorijliklarni ommaviy deportatsiya qilish bo‘yicha tarixdagi eng yirik amaliyotni bajarishda aql bovar qilmaydigan kuch, qat’iyat va jasorat ko‘rsatgan”.

7 iyun kuni Los-Anjelesda ICE tomonidan noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazilgani tufayli Amerikaning ko‘plab shtatlarida Tramp siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. 

Namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar shtatga federal mablag‘lar qisqartirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan kelib chiqdi. Ertasi kuni Oq uy shaharga Milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishini e’lon qildi.

S.Rahimov, O‘zA