Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp nima uchun Eronni bombalashga shoshilmayotganiga izoh berildi
15:13 / 2025-06-20

AQSH prezidenti Donald Trampning Eronni bombardimon qilish bo‘yicha qaror qabul qilishga shoshilmayotganiga sabab “yana bir Liviya” yaratilishidan xavotiri bilan bog‘liq, deb yozdi “TheNew York Post” nashri.

– Tramp Liviya haqida gapirayotganining ikkita sababi bor: birinchidan, ziddiyatdan so‘ng kelib chiqadigan tartibsizlik, ikkinchidan, Liviyaga aralashish Shimoliy Koreya va Eron kabi davlatlar bilan muzokaralar olib borishni qiyinlashtirdi, - deb yozadi yana bir manba.

Boshqa bir OAV Tramp Eronning amaldagi oliy rahbari haqida gapirib, “Biz Hamanaiydan ham battarroq odamga ega bo‘lishimiz mumkin”, deganini keltirgan.

2011 yilda Liviya rahbari Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag‘darilib, o‘ldirilganidan beri Liviya birlashgan davlat sifatida faoliyat ko‘rsatishni to‘xtatdi. So‘nggi yillarda mamlakat g‘arbidagi Tripoli hukumati bilan sharqdagi hukumat o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keldi. 

Ayni paytda Liviyada bir-birini tan olmaydigan ikki hukumat bor. Birinchisi, BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Abdulxamid Dbeyboy boshchiligidagi hukumat Tripolida faoliyat yuritadi. Ikkinchisi, mamlakat Vakillar palatasi tomonidan vakolat berilgan, Beng‘ozida joylashgan va uni Usama Hammad boshqaradi.

S.Rahimov, O‘zA