AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela Prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges bilan "ajoyib" suhbat o‘tkazganini aytdi, deb yozdi "Kazinform".
Ikkala rahbar ham Nikolas Maduro ag‘darilgandan beri birinchi marta amalga oshirilgan telefon qo‘ng‘irog‘ini yuqori baholagan.
— Ertalab Venesuelaning muvaqqat Prezidenti Delsi Rodriges bilan ajoyib suhbat uyushtirdik, — degan Tramp ijtimoiy tarmoq orqali. — Biz Venesuelani barqarorlashtirish va tiklashda ulkan yutuqlarga erishyapmiz. Bugun neft, minerallar, savdo va albatta milliy xavfsizlik kabi muhim mavzularni muhokama etdik. Hamkorligimiz hamma uchun ta’sirli bo‘ladi. Venesuela tez orada yana buyuk va gullab-yashnagan mamlakatga aylanadi. Ehtimol, avvalgidan ham yaxshiroq bo‘lar?!
Rodriges o‘z navbatida muloqot chog‘i ko‘plab masalalar ko‘tarilganini ta’kidladi.
— O‘zaro hurmat muhitida uzoq va xushmuomala suhbat qurib, xalqlarimiz manfaati yo‘lida ikki tomonlama kun tartibidagi hukumatlarimiz o‘rtasida hal qilinmagan muammolarni tahlil qildik, — deb yozdi Rodriges ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
G.Sattorova, O‘zA