Tramp Netanyahu bilan Eron masalasini muhokama qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda 11-fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashdi, deb xabar berdi Euronews.
Trampning aytishicha, u Netanyahudan Eron bilan muzokaralarni davom ettirishni talab qilgan.
“Uchrashuv juda yaxshi o‘tdi. Hozircha aniq kelishuvga erishilmadi, ammo men Eron bilan muzokaralarni davom ettirishni talab qildim”, - dedi Tramp.
U ehtimoliy kelishuvni “eng maqbul yo‘l” deb atagan. Shuningdek, u Netanyahu bilan G‘azo va umuman mintaqadagi masalalarni muhokama qilganini aytdi.
Oq uyda yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuv uch soat davom etgan. Tramp va Netanyahu jurnalistlar savollariga javob berishmagan.
Netanyahu idorasi bayonotida aytilishicha, bosh vazir Tramp bilan Eron bo‘yicha muzokara o‘tkazgan, shuningdek G‘azo va mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6R0en49kk8U" title="Tramp Netanyaxu bilan Eron masalasini muhokama qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA