Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp nega Eronga tahdidlar bilan chiqyapti? (+video)
17:49 / 2025-12-30

AQSH prezidenti Donald Tramp agarda Eron yadroviy dasturini tiklash yoki harbiy qudratini oshirishga harakat qilsa, Vashington harbiy zarbalar berishga tayyor ekanini ochiq bildirdi, deb xabar berdi DW agentligi.

Trampning bu bayonoti Eronda iqtisodiy inqiroz kuchayib, aholi noroziliklari ortayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Shu o‘rinda voqealarning bir-biriga bog‘liklik tomonlari bormi, degan savol tug‘iladi. Nazarimizda, bayonotning Erondagi noroziliklarga bog‘liklik tomoni yo‘q, chunki Trampning bu gaplari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan uchrashuvidan so‘ng e’lon qilindi. Chunki, Isroil Eronning uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar zaxirasini tiklashi mumkinligidan xavotirda.  

Shu suhbatdan so‘ng, AQSH prezidenti hozircha Eron tomonidan yadroviy yoki raketa dasturi qayta boshlanganini tasdiqlovchi aniq dalillar yo‘qligini ma’lum qilib, Vashington Tehron bilan ikki tomonlama muzokaralarga ham ochiq ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tish joizki, 2025 yil iyun oyida AQSH Eron yadroviy ob’ektlariga zarbalar bergan edi. O‘sha paytda Tramp Eronning yadroviy dasturi “to‘liq va batamom yo‘q qilinganini” ta’kidlagan. Biroq The New York Times nashri xabar berishicha, zarbalardan oldin Tehron boyitilgan uranning katta qismini ko‘chirib ulgurgan. Eron rasmiylari esa mamlakatda yadroviy uran boyitilayotganini qat’iyan rad etib kelmoqda.

Eron nashrlari mamlakatning turli viloyatlarida yangi raketalar sinovini o‘tkazish haqida xabarlar tarqatgan. 

Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy esa bu raketalar faqat tashqi tajovuzlarni tiyish va mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida rivojlantirilmoqda.

Netanyahu bilan uchrashuv chog‘ida Tramp, agar Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni davom ettirsa, Isroil tomonidan zarba berish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashini ochiqladi.

Muttaxassislarning fikricha, Trampning tahdidi “to‘satdan” paydo bo‘lmadi. Bu AQSH tomonidan Eronning yadroviy dasturi va raketa salohiyatiga qarshi Isroil bilan strategik va siyosiy hamkorlik belgisi. Ularning maqsadi, Eronni yadroviy salohiyatini oshirishdan tiyish bo‘lib qolmoqda.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P7tXCiowDqY" title="Tramp nega Eronga  tahdidlar bilan chiqyapti?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjanov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA