Tramp narkokartellarga qarshi yana zarba bermoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp Lotin Amerikasida giyohvand moddalar kartellariga qarshi quruqlikdagi hujumlar boshlanishini e’lon qildi.
– Biz dengiz orqali kelayotgan giyohvand moddalar savdosining qariyb 96 foizini to‘xtatdik va endi ularga qarshi quruqlik orqali zarba berishni boshlayapmiz, - dedi u jurnalistlar bilan suhbatda.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi fikricha, bu hujumlar bevosita Venesuelaga emas, balki giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qaratiladi.
S.Rahimov, O‘zA