French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Muhim minerallar strategik zaxirasi yaratiladi
14:52 / 2026-02-03

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda muhim strategik ahamiyatga ega minerallar zaxirasini yaratish tashabbusini e’lon qildi. Ushbu yangi loyiha “Project Vault” deb nomlandi.

Tashabbus doirasida 1,67 milliard dollar xususiy sarmoya hamda Amerika Eksport-import banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard dollarlik kredit birlashtiriladi. Mablag‘ avtomobilsozlik va yuqori texnologiyali kompaniyalar ehtiyoji uchun muhim minerallarni xarid qilish va zaxiralashga yo‘naltiriladi.

AQSH ichki ishlar vaziri Duglas Bergam yaqin kunlarda ayni yo‘nalishdagi hamkor davlatlar qatoriga yana 11 mamlakat qo‘shilishini bildirdi. Ma’lumotga ko‘ra, “Hartree Partners”, “Traxys North America” va “Mercuria Energy Group” kompaniyalari zaxira uchun xom ashyo xaridi jarayonini boshqaradi.

Umuman, bu loyiha AQSH biznesining Xitoydan keltiriladigan kamyob yer osti unsurlariga qaramlikni keskin kamaytirishga qaratilgan.

D. Hakimov, O‘zA