French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp milliarderlarga soliq solish g‘oyasini qoraladi
15:51 / 2021-10-29

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp "milliarderlarga soliq" g‘oyasiga qarshi chiqdi. Ushbu soliq demokratlar tomonidan ilgari surilgan edi. Trampning ta’kidlashicha, shunday qilinsa mamlakatdagi barcha badavlat kishilar AQSHni tark etishi mumkin.

"Milliarderga soliq”dan  qaysi mamlakatlar manfaat ko‘rishi mumkin, Boy kishilar va kompaniyalar AQSHni taqdir hukmiga tashlab qayerga ketadi? Ularning ko‘pchiligida AQSHda qolishga shundog‘am qiziqish yo‘q", - deyiladi Tramp tarqatgan bayonotda.  

 Hozir Amerikada 700 dan ortiq milliarder bor. Demokratlarning soliq bo‘yicha ushbu taklifi hozircha qonunda yozilmagan. Qolaversa, boylarning juda ko‘p aktivlarini baholab ham bo‘lmaydi, chunki ularning narxi tez-tez o‘zgarib turadi  

 Demokratlar ilgari surayotgan ushbu taklifni dunyoning eng badavlat kishisi hisoblangan Ilon Mask ham tanqid qildi.  

 Tadbirkor Ilon Maskning qonun chiqaruvchilarga yo‘llagan maktubida senator Ron Uaydenning boylikka soliq solish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi.  

 Uning ta’kidlashicha, agar milliarderga soliq solinsa, tez orada kongress millionerlarga ham soliq soladi, so‘ngra kamtarona investitsiyaga ega fuqarolarga tashlanishadi.