Tramp Meksikadagi kartellarga qarshi hujum qilishini e’lon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Vashington Meksikadagi giyohvand moddalar kartellariga qarshi quruqlik orqali hujumlarni boshlashni rejalashtirayotganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Meksikani jinoiy guruhlar nazorat qiladi va “AQSHda har yili giyohvand moddalardan o‘lim soni 300 minggacha” yetmoqda.
Venesueladagi vaziyatga kelsak, Tramp AQSH mamlakatning yangi hukumatidan “kerakli hamma narsani” olayotganini va neft savdosidan trillionlab dollar daromad ko‘rishni kutayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u kelasi hafta muzokaralar uchun Venesuela muxolifati yetakchisi Machadoning AQSHga tashrif buyurishini e’lon qildi.
Oq uy rahbari shuningdek, RFga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA