Tramp ma’muriyatining dastlabki olti oyida qancha noqonuniy muhojir qo‘lga olindi?
Prezident Donald Tramp ma’muriyatining dastlabki olti oyida AQSH hukumati mamlakat hududida bo‘lgan 100 mingdan ortiq noqonuniy muhojirni hibsga oldi, shuningdek, yana yarim million xorijlikning vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarini bekor qildi, deya ma’lum qildi Oq uy.
Hujjatda qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari noqonuniy muhojirlar oqimini sezilarli darajada kamaytirishga erishgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan birorta shaxs qo‘yib yuborilmagan, bir yil avval bu ko‘rsatkich 27,7 ming kishini tashkil qilgan edi.

– Oliy sud doimiy ravishda Tramp ma’muriyatining kun tartibini qo‘llab-quvvatlab, faol sudyalarga “uchinchi davlat deportatsiyasi”ga ruxsat beruvchi umummilliy qarorlar chiqarishni va 500 mingdan ortiq muhojirning vaqtincha himoyalangan maqomini bekor qilishni taqiqlab qo‘ydi, — deya qo‘shimcha qilgan Oq uy ma’muriyati.
S.Rahimov, O‘zA