Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp ma’muriyati nega YeIdan norozi? (+video)
17:08 / 2025-12-10

Tramp ma’muriyati, so‘nggi kunlarda Yevropa Ittifoqiga nisbatan keskin tanqidlar va siyosiy bosimni kuchaytirdi. Bu tanqidlar asosan, migratsiya, savdo masalalari, raqamli qoidalar va xavfsizlik kabi sohalarni qamrab oldi.

Eng jiddiy masalalardan biri bo‘lgan Ukraina borasida ham fikrlar bir joydan chiqmayapti. Bundan tashqari Ilon Maskning Yevropa qoidalariga qarshi chiqishi va Trampning uni qo‘llab-quvvatlashi munosabatlarni yanada taranglashtirdi, deb xabar berdi Evronews.

Yevropa diplomatlari esa bu tanqidlarni YeIning ichki ishlariga aralashish deb baholamoqda. Shu bilan birga, norozi tomonga YeI mustaqil qoidalar belgilash huquqiga ega ittifoq ekanligi eslatilgan.  

Qisqa qilib aytganda, ikki tomon o‘rtasidagi qarashlar turlicha tus olib, farqlar tobora chuqurlashayapti. YeI ko‘ptomonlama yondashuvni, xalqaro huquqni va qoidalarga asoslangan savdoni qo‘llab-quvvatlasa, Tramp ma’muriyati esa AQSH manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi global tizimni qayta qurishni maqsad qilmoqda.  

Bunga Yevropa yetakchilarining munosabatlariham bir xil emas, ayrimlari AQSHni Yevropaning ichki ishlariga aralashdi, deb tanqid qilsa, ba’zilari taranglikni yumshatish va Vashington bilan munosabatlarni saqlashni afzal ko‘rmoqda. Mutaxassislar bu holatni YeIning yagona javob strategiyasi yo‘qligini ko‘rsatadi, deb baholayapti.  

Shuningdek, amerikaliklar bilan g‘oyaviy yaqinlikka ega bo‘lgan Yevropadagi ba’zi kuchlar Vashingtonni ochiq tanqid qilishdan qochib Tramp siyosatini ma’lum darajada qo‘llab-quvvatlamoqda.  

Shunday bo‘lsada, Yevropa o‘zining geosiyosiy roli, xavfsizlik va iqtisodiy manfaatlari bo‘yicha ko‘proq mustaqillikka intilayapti, deyish mumkin. Chunki, YeI yetakchilari ham Yevropaning o‘z strategiyasini ishlab chiqishga va Vashingtondan tashqarida ham faol siyosiy pozitsiyaga ega bo‘lishga harakat qilmoqda.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tFcGov7yspk" title="Tramp ma’muriyati nega YEIdan norozi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>  

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA