Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Machadoni siyosatga jalb etishni o‘ylamoqda (+video)
16:41 / 2026-01-21

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Prezident Donald Tramp Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machadoni mamlakat siyosiy hayotiga qandaydir shaklda jalb etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq unga qanday lavozim berishi haqida ochiqlamagan.

«Biz u bilan muloqot qilayapmiz va ehtimol, uni qandaydir tarzda jarayonga jalb qila olarmiz. Men buni juda istayman», - dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda. Machado o‘tgan hafta Tramp bilan uchrashgan va unga Nobel tinchlik mukofotini taqdim etgan edi.  

Trampning bu bayonotlari uning pozitsiyasi o‘zgarganini ko‘rsatadi. Ilgariroq u Machadoning Venesuelaga rahbarlik qilish qobiliyatiga shubha bilan qaragan edi. 2024 yilda Machado partiyasi prezidentlik saylovlarida 70 foiz ovoz olganini ma’lum qilar ekan, «Men Venesuelani oldinlari juda yomon ko‘rar edim, hozir esa unday emas. Ular biz bilan juda yaxshi hamkorlik qilyapti», - dedi Tramp jurnalistlarga. U bu so‘zlari bilan Oq uy va Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges bilan hamkorligini nazarda tutgan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_So8mSrN-xo" title="Tramp Machadoni siyosatga jalb etishni o‘ylamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA