Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Los-Anjelesga qo‘shin yubordi
10:23 / 2025-06-12

AQSH Prezidenti o‘z ma’muriyatining muhojirlarga nisbatan keskin ta’qibiga qarshi davom etayotgan namoyishni bostirish uchun 700 dengiz piyodasi bilan birga 2000 nafar Milliy gvardiya askarini Los-Anjelesga jo‘natdi.

Bu holat mahalliy amaldorlarning kuchli tanqidiga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, Tramp jamoat xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymoqda, politsiya esa yordamga muhtoj emas, deb yozdi "Irna news".

Odatda demokratlar ustunlik qiladigan Kaliforniya shtati gubernatori maslahatsiz qo‘shin yuborgani uchun Prezident Trampni sudga berdi. Da’voga ko‘ra, ushbu harakat AQSH Konstitutsiyasi va Kaliforniya suverenitetini buzadi.

Ayni payt Qo‘shma Shtatlarning boshqa yirik shaharlari, jumladan San-Fransisko, Dallas, Ostin, Boston, Nyu-York va Filadelfiyada ham norozilik kuchaygan.

Musulmon Ziyo, O‘zA