Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Kim Chen In bilan uchrashishi mumkin
14:24 / 2025-10-05

Amerika yetakchisi Donald Tramp ikki Koreya orasidagi qurolsizlangan manzilda KXDR rahbari bilan uchrashishi mumkin, deya xabar tarqatdi “Nikkei Asia” nashri.

– Ba’zilar AQSH Prezidenti Koreya demilitarizatsiya hududiga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ehtimoliy uchrashuv yuz berishini taxmin qilmoqda, – deb yozgan nashr. – Tramp Osiyoning uch davlati – Malayziya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga boradi. Kuala-Lumpurda Tramp Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashib, boshqa masalalar qatori Rossiya neftini sotib olish bilan bog‘liq masalani ham muhokama qilishi kutilyapti. Tokioda hukumatning yangi saylangan boshlig‘i bilan, Janubiy Koreyada esa Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari iqtisodiy sammiti doirasida XXR rahbari Si Szinpin bilan muloqot qilishni rejalashtirilgan. Nashr yozishicha, Xitoy tomoni bu uchrashuvni hali tasdiqlamagan.

Avvalroq Tramp BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlab, 31 oktyabr-1 noyabr kunlari Kyonju shahrida bo‘lib o‘tadigan anjumanda qatnashish uchun Koreya Respublikasiga safar uyushtirib, Shimoliy Koreya rahbari bilan shaxsiy aloqalarni qayta tiklashga urinish ehtimoli haqidagi mish-mish asnosida tinchlikparvarlik sa’y-harakati ma’qullanishini alohida ta’kidlagan. Xususan, Kim bilan uchrashib, avvalgi prezidentlik davridagi uch o‘zaro uchrashuvda o‘rnatilgan shaxsiy diplomatiyani davom ettirishga umid bildirgan.

O‘z navbatida Kim Chen In ham avvalroq Tramp bilan muloqotga tayyorligi, faqat uchrashuvga Vashington KXDRni yadrosizlantirish talabidan voz kechishi sharti bilan rozi bo‘lishini aytgan. Shuningdek, u amaldagi Amerika Prezidenti o‘zida “yaxshi xotira” qoldirganini ham qo‘shimcha qilgan.

S.Rahimov, O‘zA