Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp “Katta yigirmatalik” sammitida Putin bilan uchrashish niyatida
16:58 / 2019-06-20

AQSh Prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Yaponiyada o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi.


AQSh Prezidenti Donald Tramp kelasi hafta Yaponiyada o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi. 

“Men Rossiya bilan munosabatlarni o‘rnatmoqchiman“, deya bayonot berdi Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Tramp bilan uchrashuvi haqida o‘zida ma’lumot yo‘qligini aytgan edi. “Osaka sammiti maydonida ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali shakllantirilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.

May oyi o‘rtalarida Sochida jurnalistlar oldida chiqish qilgan Putin Moskva Vashington bilan munosabatlarning yaxshilanishiga umid qilishi va Yaponiyada bo‘ladigan “Katta yigirmatalik” sammitida Donald Tramp bilan uchrashish imkoniyati borligini aytgan edi.

Tramp ham iyun oyi so‘nggida Putin bilan Osakada uchrashishni rejalashtirayotganini bildirgan.

AQSh va Rossiya Prezidentlarining o‘tgan yili Buenos-Ayresda o‘tgan “Katta yigirmatalik” sammitidagi uchrashuvi amalga oshmay qolgan edi. Bunga 24 nafar ukrainalik dengizchining bosib olingan Qrim sohillarida Rossiya chegarachilari tomonidan qo‘lga olinishi sabab bo‘lgan edi. Ukraina dengizchilari hamon Rossiyada ushlab turilibdi.