Tramp: Janubiy Koreya - KXDR sammitini o‘tkazish kerak
AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuv chog‘ida KXDR bilan sammit o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi.
- Biz ikki marta sammit o‘tkazdik, hozir juda do‘stona munosabatdamiz... va agar Xillari Klinton saylovda g‘alaba qozonganda, bu voqea sodir bo‘lmasdi, falokat yuz bergan bo‘lardi, - dedi Amerika yetakchisi seullik hamkasbiga. - Endi Shimol va Janub o‘rtasida nimadir qilishimiz mumkin, deb o‘ylayman. Menga duch kelgan Janubiy Koreyaning boshqa yetakchilariga qaraganda ayni masalaga siz ancha tayyorsiz.
S.Rahimov, O‘zA