Tramp Grenlandiya masalasiga yana qaytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani “albatta sotib olishi” kerakligini va orolni milliy xavfsizlik uchun juda muhim deb atadi. U Vashingtonning manfaatlari mineral resurslar bilan emas, balki Arktikada Rossiya va Xitoyning tobora ortib borayotgan ishtiroki bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Bu bayonot Luiziana gubernatori Jeff Lendri AQSHning Grenlandiya bo‘yicha maxsus elchisi etib tayinlanganidan keyin yangradi.
Daniya va Grenlandiya bu bayonotlarni qat’iyan rad etgan. Bosh vazirlar Frederiksen va Nilsen orol o‘z aholisiga tegishli ekanligini ma’lum qildi. Daniya AQSH elchisini chaqirib, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish zarurligini eslatdi. Yevropa yetakchilari ham Kopengagenni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.
S.Rahimov, O‘zA