Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp global tariflar qaroriga o‘zgartirish kiritdi 
08:37 / 2026-02-24

AQSH prezidenti savdo siyosati bo‘yicha Oliy sud qarorini ko‘rib chiqib, bojlarni avval e’lon qilingan 10 foiz o‘rniga 15 foiz qilib belgiladi. 

U o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Men Qo‘shma Shtatlar yetakchisi sifatida hozirdan boshlab ayrim mamlakatlar uchun 10 foiz global tarifni to‘liq ruxsat etilgan va qonuniy tasdiqlangan 15 foiz darajasiga ko‘taraman”, deb yozdi.                                     

Oq uy rahbari o‘z postida tariflar “zudlik bilan” kuchga kirishini ta’kidlab, yangi tarif darajasi “to‘liq ruxsat etilgan” va qonuniy jihatdan tasdiqlanganini qo‘shimcha qildi. 

Avvalroq, Tramp AQSH Oliy sudining qaroridan so‘ng amaldagi tariflar o‘rniga 10 foizlik global tariflarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini aytgan edi.                                                 

G.Sattorova, O‘zA