Tramp G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashi tuzilishini e’lon qildi
Prezident Donald Tramp qamaldagi Falastin hududida AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlayotgan rejaning ikkinchi bosqichi doirasida G‘azo “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi.
Amerika yetakchisi bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali xabar tarqatdi. — Tinchlik kengashi tuzilganini e’lon qilish men uchun katta sharaf, — dedi u. — Ishonch bilan ayta olamanki, bu barcha davrlarda, turli manzillarda yig‘ilgan eng buyuk va nufuzli kengash.
Mazkur tuzilma bundan keyin sektorda kundalik boshqaruvni amalga oshirish uchun tuzilgan, 15 a’zodan iborat falastinlik texnokrat qo‘mita faoliyatini nazorat qiladi. Qo‘mita Tramp raislik qilishi kutilayotgan Tinchlik kengashi nazorati ostida ishlaydi.
Rejaga ko‘ra, G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek tekshiruvdan o‘tgan falastinlik politsiya bo‘linmalarini tayyorlash maqsadida Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari joylashtirilishi ham ko‘zda tutilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA