Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp: Erondagi urush deyarli tugadi...(+video)
15:20 / 2026-03-10

AQSH prezidenti Donald Trampning aytishicha, Eronga qarshi olib borilayotgan urush tez orada tugashi mumkin. Uning bunday bayonotidan keyin neft narxlari keskin tushib ketdi, deb xabar qildi DW nashri.

Dushanba, 9-mart kuni CBS News telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida Tramp shunday dedi:  

«Menimcha, urush deyarli tugadi. Ularda flot yo‘q, aloqa tizimi va harbiy havo kuchlari ham yo‘q».

Biroq u shu bilan birga AQSH va Isroil hali to‘liq g‘alaba qozonmaganini ham tan olgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eronning raketalari deyarli yo‘q qilingan, dronlar ishlab chiqarish zavodlari ishdan chiqarilgan, xullas Eronda «deyarli hech narsa qolmagan».

AQSH prezidentining ta’kidlashicha, xalqaro kemalar uchun juda muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi hozir ochiq va u yerda kemalar harakati davom etmoqda.

Bir necha kun avval Eron bu bo‘g‘oz ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini aytgan edi. Shu bilan birga Tramp AQSH bu bo‘g‘ozni o‘z nazoratiga olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini aytdi.  

Shuningdek, Tramp Eronning yangi oliy rahbari etib tayinlangan shaxsdan ham norozi ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tayinlov «eski muammolarning yana bir davomi» hisoblanadi.

Tramp avvalroq yangi rahbar Vashington tomonidan ma’qullanishi kerak, aks holda «u uzoq turmaydi» deb aytgan edi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/H5aNukQPJfg" title="Tramp: Erondagi urush deyarli tugadi..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA