Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp COVID-19 ni «kung-flyu» yoki “xitoy grippi”, deb nomlashni taklif etdi
07:42 / 2020-06-25

AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirus infeksiyasiga yangi— «kung-flyu» yoki “xitoy grippi” nomini berishni taklif etdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirus infeksiyasiga yangi— «kung-flyu» yoki “xitoy grippi” nomini berishni taklif etdi.

“Men COVID-19 ni 19 yoki 20 ta nom bilan atashim mumkin edi, dedi u. “Uxan” eng esda qoladigan nom edi. Koronavirus ham. Kung-flyu ham. COVID-19. COVID. Men 19 nima degani, deb soʻradim? Ayrim odamlar 19 yoki COVID-19 nima ekanligini tushuntirib berolmadi. Bu juda gʻalati nom.

“Ayrimlar uni xitoy grippi, deb atamoqda. Axir, rostdan ham xitoy grippida, shunday emasmi?” — dedi Tramp, Arizona shtatida omma oldida soʻzga chiqib.

Tramp «Kung-flyu» nomini Xitoy yakkakurashi «kung-fu» atamasidan yasab olganini taʼkidladi, flu inglizcha gripp maʼnosini bildirishini ham aytib oʻtdi.