Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp Chikagoda jinoyatchilik bilan bogʻliq vaziyat Afgʻonistondagidan ham battar ekanini taʼkidladi
12:53 / 2020-07-21

Trampning jurnalistlar bilan suhbati mamlakatning qator shtatlarida ommaviy norozilik chiqishlari va tartibsizliklar sharoitida boʻlib oʻtdi.


AQSH prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, mamlakatning eng yirik megapolislaridan biri Chikagoda jinoyatchilik bilan bogʻliq vaziyat “Afgʻonistondagidan ham battar” ekan. Bunga demokratlardan tarkib topgan shahar hokimiyati aybdor, dedi u.

Trampning jurnalistlar bilan suhbati mamlakatning qator shtatlarida ommaviy norozilik chiqishlari va tartibsizliklar sharoitida boʻlib oʻtdi. Prezidentning aytishicha, mahalliy qonun chiqaruvchilar “kuchsiz va namoyishchilardan qoʻrqadi”, shu bois tartib oʻrnatish uchun federal yordamdan voz kechmoqda.

“Chikago haqida nima deysiz? Oʻtgan dam olish kunidan keyin ularga yordam kerakmi? Keltirilgan raqamlarga ishonasizmi? Juda koʻp odamlar jarohat olgan, koʻpchiligi oʻldirilgan. Men bir yoki ikki kishi haqida emas 18 kishi haqida aytayapman! Oʻylashimcha undan ham koʻp. Butun yoz boʻyi ularning soni yana qanchaga koʻpayadi? Bu aniq, Afgʻonistondagi vaziyatdan ham yomon”, - dedi Tramp.

“Barchasi (Chikagoga oʻxshash shaharlar nazarda tutilmoqda) oʻsha liberal demokratlar tomonidan boshqarilmoqda. Agar Jo Bayden prezident boʻlsa, butun mamlakat shunday ahvolga tushadi. Butun mamlakat jahannamga yoʻl oladi. Ammo biz uning jahannamga yoʻl olishiga jim qarab turmaymiz”, - qoʻshimcha qildi Tramp, Demokratik partiyadan oʻzining asosiy raqibini nazarda tutib.

Davlat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, hozir Chikagoga federal huquq-tartibot organlaridan qoʻshimcha kuch yuborish masalasi koʻrib chiqilmoqda.