French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tramp bir kunda 5 milliard dollarga boyidi
14:23 / 2025-09-05

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining “World Liberty Financial” (WLFI) kriptovalyutasi bilan savdo boshlangandan beri qariyb 5 milliard dollar foyda ko‘rdi, deb yozdi “The Wall Street Journal” nashri.

— Tramp oilasi dushanba kuni kriptovalyutaning eng yirik korxonasi yangi raqamli valyutada savdoni ochgach, qog‘ozga egalik qilishdan taxminan 5 milliard dollar ishlab oldi, — deyilgan maqolada. — WLFI pulini endi ochiq bozorda xarid qilish va sotish mumkin. Manbaga ko‘ra, 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan savdo “Trampning inauguratsiyadan keyingi eng katta moliyaviy yutug‘i” bo‘lgan.

Amerika yetakchisi xonadoni mavjud WLFI tokenlarining qariyb 25 foiziga egalik qiladi — uning uch o‘g‘li “World Liberty”ning hammuassisi, Prezidentning o‘zi esa kompaniyaga “faxriy” hammuassis sanaladi. WLFI hozir, dastlabki ma’lumotga ko‘ra, “Tramp oilasining eng qimmatli aktivi” bo‘lib, ularning ko‘p yillik ko‘chmas mulk portfelidan oshib ketgan.

S.Rahimov, O‘zA