Tramp bayonotidan keyin bitkoin narxi 80 000 dollardan oshdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp 75 mamlakatdan import qilinadigan tovarlarga alohida tarif joriy etish ma’lum muddatga to‘xtatilishini e’lon qilgach, chorshanba kuni bitkoin qiymati 5,5 foiz ko‘tarilib, 80 ming dollardan oshib ketgan.
Savdo hajmi bo‘yicha eng yirik kripto valyuta birjasi “Binance” savdosida bitkoin narxi bir kunda 81 313 dollarga chiqdi. Tramp баёнотиdan oldin bu raqam 77 000 edi.
20 dan ortiq birja faoliyati asosida o‘rtacha narxni hisoblab boradigan “CoinMarketCap” portali ma’lumotiga ko‘ra, bitkoinning yakuniy narxi 5,47 foiz ko‘tarilib, o‘rtacha 81 317,7 dollarni tashkil qilgan.