Tramp Bayden ma’muriyatining qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqish strategiyasini tanqid qildi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp amerikalik askarlarni Afg‘onistondan olib chiqishda hozirgi ma’muriyat qo‘llayotgan strategiyani keskin tanqid qilib, o‘zi rahbarlik qilganida ushbu jarayon boshqacha va ma’lum shartlar asosida kechgan bo‘lardi, dedi .
"Agar 2020 yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi qalbakilashtirilmaganida edi va men hozir prezident bo‘lganimda, dunyo bizning Afg‘onistonni tark etishimiz ma’lum shartlarga asoslanganini ko‘rgan bo‘lardi", - deyiladi Tramp tarqatgan bayonotda.
Sobiq davlat rahbarining ta’kidlashicha, uning rahbarligida askarlar umuman, boshqacha olib chiqilgan va buni toliblar boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushungan bo‘lardi". U shuningdek, “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashish tajribasiga egaligini ham qo‘shimcha qilgan.
"Hozir bo‘layotgan voqealar, maqbul emas, uni yanada yaxshiroq amalga oshirsa bo‘lardi", - dedi Tramp.